Farg‘onada Joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00 da Furqat tumani Navbahor shaharchasi hududidagi dehqon bozorida 35 yoshli A.D., 29 yoshli G.B.ga nisbatan kuch ishlatish bilan qo‘rqitib, umumiy qiymati 9.072.000 so‘mlik qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Furkat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.