Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 4,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqida respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda .

Foto: Google

Vayronagarchilik va qurbonlar haqida xabarlar bo’lmagan.

So’ngi bir oy ichida bu mamlakat ikkinchi marta titradi: o’tgan juma kuni Sharqiy Qozog’iston viloyatida 3,7 magnitudali zilzila sodir bo’ldi.

Fizika-matematika fanlari doktori Alla Sodiqovaning so’zlariga ko’ra, Qozog’istonning janubiy poytaxti juda yuqori seysmik zonada joylashgan.