Joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston va Yaponiyaning, umuman xalqaro hamjamiyatning afg‘onlararo muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Yaponiya tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, butun afg‘on xalqi manfaati uchun uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga bundan keyin ham faol hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Afg‘onistondagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal etishning eng maqbul yo‘llarini toppish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida kelishib olindi.