“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane koronavirus bo‘yicha topshirgan test musbat chiqdi. Bu Angliya chempion jamoasi tarkibidagi koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkinchi holat.

liverpul futbol
Foto: Tass

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Maneda simptomlar ayon bo‘lgani bilan, kasallik yengil o‘tyapti. Senegallik futbolchi o‘zini ihotalash rejimiga o‘tkazilgan.

U o‘tgan dushanba kuni “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, Manegacha “Liverpul” yaqinda qo‘lga kiritgan Tiago Alkantarada kovid aniqlangandi. Ispaniyalik yarimhimoyachi jamoaga Myunxenning “Bavariya”sidan kelib qo‘shilgan.

Mavzuga doir:
Ispaniyalik yarim himoyachi “Liverpul” klubiga o‘tdi
“Liverpul” “Napoli” himoyachisi uchun 60 million yevro taklif qildi