Joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimini Toshkent va Samarqand shahrida tahsil olayotgan voha yoshlari bilan onlayn muloqoti davomida kam ta’minlangan talabalarni shartnoma pullarini qisman to‘lab berishni o’z zimmasiga olgan. Bu haqida Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Nasaf news

Viloyat hokimligida tashkil etilgan komissiya tavsiyasi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan dastlabki 24 nafar talabalarni shartnoma pullari to‘lab berildi. Ularni tanlab olishda oilaviy sharoiti va ta’lim olish sifatlari alohida e’tiborga olindi.

Komissiya tomonidan boshqa talabalarni ham o‘rganish ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.