11 mart, chorshanba kuni koronavirusning keng tarqalishi sababli Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qildi. Bu haqida “Reuters” xabar qiladi.

Foto: Google

O‘zbekistondan tashqari hukumat yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham o‘z “eshiklarini yopdi”: Bolgariya, Butan, Efiopiya, Fiji, Gruziya, Kipr, Malta, Meksika, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Vanuatu, Xitoy hamda Qozog‘iston.

Ro‘yxatdagi mamlakatlar orasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Efiopiya, Fiji, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Vanuatuda koronavirus holati qayd etilmagan.

Cheklovlar qancha vaqt davom etishi noma’lum.

Ilgari ushbu mamlakatlar va hududlarning fuqarolari pasportlari yoki yo‘l hujjatlari bilan Tailanddagi immigratsiya punktlariga etib borganlarida viza olish uchun murojaat qilishlari mumkin edi.

Tailand ichki ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya, Italiya, Gonkong fuqarolari uchun barcha turdagi vizalar bekor qilingan.