Britaniyalik millioner, “Maximuscle” fitnes-kompaniyasi asoschisi Zef Ayzenberg quruqlikdagi tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatishga urinib halok bo‘ldi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Foto: RBK

YTH York yaqinidagi Elvington aerodromida sodir bo‘ldi. Ayzenberg “Porsche 911 Turbo S” avtomobilida Britaniya rekordini yangilashga uringan, biroq boshqaruvni yo‘qotgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, u yerda 2006-yili “Top Gear” sobiq boshlovchisi Richard Xammond avtohalokatga uchragan.

Voqea joyiga tez yordam yetib keldi, biroq poygachining hayotini asrab qololmadi. 47 yoshli biznesmenning rafiqasi va ikki nafar farzandi qoldi.

2016-yili Ayzenberg xuddi o‘sha yerda halok bo‘lishiga sal qolgandi. O‘shanda u soatiga 370 kilometr tezlik bilan avtohalokatga uchragan.

Biznesmen 2017-yilda yana poygaga qaytishga qaror qilgan. Hatto, shifokorlarning endi yurolmay qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlari ham uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmadi.

Mavzuga doir:
Britaniyalik taniqli jarrohning uyidan minglab odam suyaklari topildi

2019-yil may oyida Ayzenbergning “Porsche 911 Turbo” avtomobili Uelsdagi “Pendine Sands” plyajida soatiga 534 kilometrgacha tezlasha oldi. Bu rekord natija edi.

Shuningdek, u qum ustida tez harakat qilish bo‘yicha yana bir qancha jahon rekordlarini o‘rnatgan.