O‘zbekistonliklar “UzAuto Motors” kompaniyasining avtomobil narxilarini oshirganiga qarshi fleshmob uyushtirishdi.

Foto: Instagram

Yangi “#GM_Uzbekistondan_moshina_olmayman” xeshtegi ijtimoiy tarmoqlarda tobora ommalashmoqda. Odamlar shu tariqa o‘z noroziliklarini namoyish etishmoqda.

Ko‘pchilik “UzAuto Motors” (avvalgi General Motors Uzbekistan) kompaniyasi umuman yopilib ketsa, qarshi emasligini yozmoqda.

https://www.instagram.com/p/B9jQceIJLPG/?utm_source=ig_web_copy_link

“Odamlar mashina olish uchun yillab pul yig‘adi. Lekin har doim uning narxi oshirilishi tufayli uni sotib ololmaydi. Ushbu ijtimoiy norozilik bilan biz bunday narx oshirilishiga qarshi ekanimizni isbotlamoqchimiz”, deya yozadi kuyunib oddiy fuqarolardan biri.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “UzAuto Motors” kompaniyasi 9 martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshgan.