Eron sog’liqni saqlash vazirining maslahatchisi Ali Rizo Vahobzodaning ta’kidlashicha, koronavirusdan vafot etganlar soni 354 taga yetdi, bu kuniga 63 kishiga ko’paydi degani, kasallikning to’qqiz mingta holati qayd etildi.

koronavirus eron
Foto: RIA novosti

“O’tgan kun davomida 958 ta koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlandi, ularning umumiy soni to’qqiz mingga yetdi. Bir kunda 63 ta bemor vafot etdi, mamlakatda halok bo’lganlarning umumiy soni 354 kishini tashkil etdi “, deb yozdi u Twitter’da 9000 ming kishidan 2959 nafari tuzalib ketganini ta’kidlab.

Eron rasmiylari 19 fevral kuni mamlakatda koronavirus haqida birinchi marta xabar berishgan.