Denge bezgagi kasalligini oʻrganish boʻyicha tadqiqotda Avstraliyaning Melburn universiteti entomologi Perran Ross qoʻllarini minglab chivinlarga chaqtirdi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

Foto: Google

Chivinlarga ataylab kasallikni yuqishini toʻsadigan – volbaxiya bakteriyalar yuqtirildi. Olim va uning jamoasi har kuni chivinlar bilan ishlaydi, ular bakteriyalarning hasharotlarga uzoq muddatli taʼsirini kuzatib boradi.

Tadqiqotchi har kuni qoʻllarini chivin bilan toʻldirilgan idishlarga soladi, hasharotlar “qonga toʻyib olishini” kutadi.

Entomolog 5 ming chivin bir vaqtning oʻzida taxminan 16 mililitr qon soʻrishi mumkinligini hisoblab chiqdi.

“Laboratoriyada chivinlar kalamushlarni yoki boshqa hayvonlarni chaqishni istamaydi – ular faqat qorongʻilikda insonning qonini soʻrishni afzal koʻrishadi”, – deya taʼkidladi olim.

Mavzuga doir:
Olimlar och qoringa ichilgan qahvaning zararini topishdi

Tadqiqotda volbaxiya nafaqat denge bezgagi infektsiyasini kamaytirishi, balki boshqa kasalliklar bilan yuqtirishni ham cheklashi mumkinligi aniqlandi.