Joriy yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 20,2 ming tonna choy import qilingan.

Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import hajmi 416,2 tonnaga kamaygan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 16,1 ming tonna
  • Keniya – 1,6 ming tonna
  • Vetnam – 920,4 tonna
  • Eron – 369,1 tonna
  • Shri-Lanka – 280,9 tonna
  • Hindiston – 267,3 tonna
  • Rossiya – 173 tonna
  • BAA – 130 tonna

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda O‘zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda 8 oyda qancha ko’mir ishlab chiqarilgani ochiqlandi
Respublikamiz hudularida tayyor palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi