Tomonlar o‘zaro maslahatlashib olishganligi aytilmoqda.

UEFA YEVRO 2020
Foto: UEFA

UEFA yozda bo‘lib o‘tadigan “Yevro – 2020” musobaqasini bekor qilishni xohlamadi. Bu haqida “Associated Press” xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi nashrning ta’kidlashicha UEFA rasmiylari bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan maslahatlashib, “Yevro – 2020” o‘yinlarini o‘tkazish mumkin deb qaror qilishgan. Ammo, mezbon shaharda koronavirus bilan kasallangan bemorlarga yordam beradigan zaruriy tibbiy muassasalar bo‘lsagina bunga ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yevro – 2020” o‘yinlari joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar Yevropaning 12 ta davlatida bo‘lib o‘tadi.