O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oktabr oyida Ozarboyjon Respublikasiga tashrif buyurib, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab olgan edilar.

Belgilangan vazifalarni amalda bajarish maqsadida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshligidagi delegatsiya “SOCAR” va «NIPI Neftegaz SOCAR» kompaniyalari bilan ikkitomonlama manfaatli hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan hamkorlik masalalarini hal qilish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.

Tashrifning ilk kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi a’zolari “Azneft” kompaniyasining “Bibieybat” neft va gaz qazib olish boshqarmasida bo‘lishdi va u yerdagi ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu kunning o‘zida “NIPI Neftegaz SOCAR” tajriba-sinov bazasidagi qilinayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Istiqolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi a’zolarini Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi “SOCAR”ning Prezidenti Abdullayev Rovnag Ibragim o‘g‘li va “SOCAR”ning geologiya va geofizika masalalari bo‘yicha Vise-prezident Guseynov Bahrom Baxlul o‘g‘li qabul qildi.

Suhbat davomida Orol dengizi hududida gelogiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, G‘arbiy va Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Garmiston konlarini o‘zlashtirish masalasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasining Ozarbayjondagi tashrifi davom etmoqda.