Taqdirlash marosimi Jenevada Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi paytida bo‘lib o‘tdi.

Foto: RIA Novosti

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) talqiniga ko‘ra 2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga sazovor bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi degan nomga, shuningdek, “Bavariya”ning germaniyalik darvozaboni Manuel Noyer hamda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ham da’vogarlik qilishgandi.

Levandovski, shuningdek, Chempionlar ligasining eng yaxshi hujumchisi sifatida tan olindi.

Levandovski “Bavariya” jamoasi bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandi.

Eslatib o’tamiz, sal avval Chempionlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsumiga qur’a tashlangani haqida xabar bergandik.