Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, O‘zbekiston delegasiyalari, shuningdek, Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati vakillari ishtirok etdi. Bu haqida DXX Chegara qo‘shinlari axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari axborot xizmati

Fikr almashish chog‘ida xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilarining o‘z nazoratidagi hududlarni kengaytirish bo‘yicha shimoliy chegaralardagi vaziyat keskinlashgani qayd etildi.

Asosiy e’tibor jangarilar nazorati ostida bo‘lgan giyohvand moddalar ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga va giyohvand moddalarni MDHga a’zo davlatlarning tashqi chegaralari orqali tashish bo‘yicha urinishlariga qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari MDH hududiga xalqaro terrorchilik va ekstremistik harakatlarga aloqador shaxslar, shuningdek, Suriya va Afg‘onistondagi harbiy harakatlar ishtirokchilarining kirib kelishiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdi.

Imzolangan Bayonnoma tavsiyalari kengashning shu yil 16 aprelda Yerevanda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.