Ular sog‘liqni birinchi navbatga qo‘yishmoqda deyiladi “Sports” nashri xabarida.

laliga
Foto: Sports

Ispaniyaning “Xetafe” klubi UEFA Yevropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi o‘yinni Italiyada o‘tkazilishini xohlamayapti. Bu haqida “Onda Cero” nashri xabar bermoqda.

“Agar hech narsa o‘zgarmasa, u holda biz Italiyaga bormaymiz. Biz UEFA va Ispaniya futbol federatsiyasiga Milandagi o‘yinni muqobil joyda o‘tkazishni so‘rab murojaat qillik. Agar bizga texnik mag‘lubiyat yozilsa, mayli yozilaversin. Ammo, men tavakkal qilishni istamayman”, deydi klub prezidenti Anxel’ Torres.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” – “Xetafe” uchrashuvi 12 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Italiyada esa 10 mingdan ortiq inson koronavirusga chalingan.