“Yuksalish” umummilliy harakatining Namangan viloyati bo‘linmasi rahbari etib Nargiza Muhammadiyeva saylandi. U xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati hisoblanadi.

Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

Joriy yilning 10 mart kuni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “Yuksalish” umummilliy harakatining Namangan viloyati bo‘linmasi rahbari Bekzod Xamdamovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Muhamadiyeva tayinlanganligi aytib o‘tildi va u keng jamoatchilikka tanishtirildi.

Nargiza Muhammadiyeva

Nargiza Muhamadiyeva 2016 yildan shu kunga qadar Namangan viloyat hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish o‘quv kursi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.