Bu haqida Mehnat Vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tradeunionict

Jizzax viloyatining Forish tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10 mart kuni mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Keng doirada o‘tkazilgan mazkur tadbirda 200 dan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek tizim vakillari yoshlar bilan muloqatda bo‘lib, o‘zaro fikr almashdi. Mehnat qonunchiligi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar, amaliy ishlar bilan tanishtirildi.