Iordaniyadagi boks bo‘yicha lisenzion turnir hal qiluvchi pallaga yetib keldi. Bugun, ushbu turnirning so‘ngi kuni.

tursunoy rahimova
Foto: Sports

Xabaringiz bor, turnirning yakuniy kunida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Mazkur biz kutgan janglarning dastlabkisida -51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi.

U tailandlik Yutumas Jitpong bilan ringga ko‘tarildi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaga yo‘llanmani naqd qilar edi.

Ajoyib harakatlari, aniq zarbalari bilan vakilamiz jang taqdirini o‘z foydasiga hal qildi va delegasiyamizga yana bir yo‘llanmani taqdim etdi.