Yangi turdagi koronavirus tarqalishi oʻchogʻi boʻlgan Uxan shahrining asosiy korxonalari oʻz faoliyatlarini qayta tiklashlari mumkin. Ushbu qaror epidemiya vaziyatining ancha yaxshilanishi ortidan qabul qilingan. Bu haqida “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

xitoy bayrog'i
Foto: Google

Taʼkidlanishicha, birinchi navbatda milliy iqtisodiyot va xalq farovonligini rivojlantiradigan muhim korxonalar ishni qayta tiklaydi. Ular qatorida tibbiy uskunalar, dori vositalari, himoya va dezinfektsiya vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bor.

Shahar kommunal xizmati, jumladan, suv, issiqlik taʼminoti kabi hayot uchun zarur boʻlgan korxonalar ham oʻz ishlarini toʻliq qayta tiklashlari mumkin.

Qolaversa, doʻkonlar, supermarketlar, chakana savdo bilan shugʻullanuvchilar, yetkazib berish xizmati va elektron tijorat bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga odatdagi ish rejimiga qaytishga ruxsat berilgan.

Boshqa kompaniyalar ishlarini 20 martdan keyin qayta tiklashlari mumkin.