Ringsidereport jurnalisti Gari Uilyam Gennadiy Golovkinni hozirgi bokschilar orasidagi eng kuchli uchta bokschidan biri deya tan oldi.

Foto: Google

“Joshua, «Kanelo» va Golovkin boksning eng yorqin uch yulduzi”, – degan Uilyam.

Gennadiy Golovkin o‘zining navbatdagi jangini polshalik Kamil Sheremeta bilan o‘tkazadi.

Ushbu jangda o‘rta vazn toifasida IBF chempioni aniqlanadi.

Shuningdek, The Ring jurnali Golovkinni vazn toifasidan qat’i nazar (pound-for-pound) dunyodagi eng yaxshi bokschilar reytingiga kiritgandi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq ushbu bokschi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani xabar berilgandi.