Foto: O’zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mo‘min-musulmonlarning diniy mazmundagi savollariga qulay va tezkor javob olishlarini ta’minlash maqsadida, interaktiv va innovasion xizmatlarni o‘z ichiga olgan “www.fatvo.uz” saytini ishga tushirdi.

Mazkur sayt diniy savol-javob yo‘nalishida eng zamonaviy xizmatlarni o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatga egadir.