Hayotda har bir inson halol mehnat qilib, umrguzaronlik qilishi lozim. Lekin, ayrim kimsalar firibgarlik yo‘lini tanlab, o‘zgalarning pul mablag‘larini o‘zlashtirishga harakat qilishlari ham ayni haqiqat.

Foto: RIA Novosti

O’zA xabariga ko’ra, xalq deputatlari Toshkent shahar tuman kengashlaridan birining deputati bo‘shab qolgan joylar uchun tuman kengashi deputatligiga saylanishda yordam berishni va’da qilib, mahalliy fuqarodan 3000 AQSh dollari so‘raydi va avans sifatida 1500 dollar olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Yana bir holat Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi, hozirda hech qayerda ishlamaydigan 18 yoshli fuqaro Guliston shahrida yashovchi o‘zining 17 yoshli jinoiy sherigi bilan birga, aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, uni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2000 AQSh dollari olgan vaqtlarida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga dastlabki tergov o‘tkazish vakolati beriladi
Qo‘shtepa tumanida avtomaktab o‘qituvchisi pora bilan ushlandi
Samarqandda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo’lga olindi
Yangiyo‘lda kadastr xizmati mansabdori $13 500 pora bilan ushlandi

Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati vodiy viloyatlarida ham kuzatilgan.

Jumladan, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining tibbiyot fakultetiga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, undan 1350 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.