Telegram messenjeri kanallarda sharhlash funksiyasini ishga tushirdi, dedi messenjer asoschisi Pavel Durov o’zining Telegram-kanalida.

Foto: RIA Novosti

“Bugun biz lentalarda ichki sharh xususiyatini qo’shmoqdamiz. Telegramni yangilaganingizdan so’ng, siz ba’zi kanallarda, shu jumladan hatto ushbu kanalda ham sharh qoldirishingiz mumkin”, – deb yozadi Durov o’zining Telegram-kanalida.

Durovning ta’kidlashicha, sharhlar guruh suhbatiga o’xshash bo’ladi, ya’ni barcha sharhlar ma’lum bir kanalga biriktiriladi. Shuningdek, u sharhlovchilar ovozli xabarlar yoki GIF-rasmlarni qoldirishi va kanal ma’murlari cheklovlar qo’yishi mumkinligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:
Telegram’da uzilish kuzatildi
Telegram’da uzilish ro’y berdi

Ma’lumot uchun, Telegram – bu ko’plab formatlarda xabarlar va media-fayllarni almashish imkonini beruvchi xabarchi. Loyiha 2013-yilda “VKontakte” ijtimoiy tarmog’ining asoschisi Pavel Durov tomonidan yaratilgan.