Bugun, 10 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “ROBOT.UZ – 2020” respublika tanlovining saralash musobaqalariga start berildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Tanlovda 12 ta viloyatdan jami 420 nafar o‘quvchi-yoshlar, iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda korxonalarning yosh mutaxassislaridan iborat 334 ta jamoa qatnashmoqda.

“ROBOT.UZ-2020”da 9-15 yoshdagi ishtirokchilar uchta – Robo Futbol, Robo Sumo va Kegel’ring nominasiyalarida, 16-25 yoshdagi ishtirokchilar esa 5 ta – Robo sumo, Robo futbol, Mobil robotlar poygasi, Foydali ish bajaruvchi robot va Intellektual robot nominasiyalari bo‘yicha o‘zlari yasagan robotlar yordamida bellashmoqdalar.

Tanlov 11 mart kuni ham davom etadi, 12 mart kuni final musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanadi va taqdirlanadi.