Kiyevda AQSh elchixonasi xodimi kaltaklandi, u kasalxonada vafot etdi, huquqni muhofaza qilish organlari hodisa sabablarini aniqlamoqda, deb xabar qildi bugun Ukraina Milliy politsiyasining Kiyev departamenti matbuot xizmati.

Foto: Zarnews

Politsiya ma’lumotlariga ko’ra, bugun poytaxtning Shevchenko tumanidagi temir yo’l yaqinidagi o’rmonzor hududida boshidan jarohat olgan ayol topilganligi haqida xabar berilgan. Politsiya xodimlari va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmat vakillari voqea joyiga yetib borishgan.

“Hushsiz ayol kasalxonaga yotqizilgan va u keyinchalik vafot etgan. Jabrlanuvchining narsalarini tekshirish paytida AQSh elchixonasi xodimi ekanligi to’g’risida hujjat topildi…

Birinchi darajali shoshilinch tergov harakatlarini o’tkazish natijasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 30-40 yoshlardagi, bo’yi 190-200 santimetrga teng, qora kalta shimli, to’q ko’k krossovkali va futbolka kiygan, qora sochli erkak kishi ekanligi aniqlangan. Qidiruv ishlari davom etmoqda”, – deyiladi xabarda.

Tibbiy muassasada va voqea sodir bo’lgan joyda tergovchilar va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlarning vakillari birinchi navbatdagi tergov harakatlarini olib borishgan va guvohlarning so’zlarini aniqlashtirishgan, shuningdek, ayolning jarohat olgan holatlari o’rganilgan.

Politsiya ushbu fakt bo’yicha ma’lumotni ro’yxatdan o’tkazgan. Hozirda tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Falastin BAAdan elchisini chaqirib oldi
O‘zbekistonda Xarkov milliy radioelektronika universitetining filiali ochiladi