O‘zbekistonning Kiyev shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Hukumatining qarori bilan 2020-yilning 29-sentabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirildi.

Foto: RIA Novosti

Bundan buyon xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib o‘tishda Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega bo‘lgan yohud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan berilgan sug‘urta polisiga ega bo‘lshilari talab etiladi.

Sug‘urta chet el fuqarosining COVID-19’ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada bo‘lish davriga to‘g‘ri keladigan muddatda amal qilishi kerak.

Mavzuga doir:
Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenkoda koronavirus aniqlandi
Ukraina An-26 halokati sabablarining 4 ta versiyasini tekshirmoqda

“Qizil hudud” mamlakatlaridan kelgan chet elliklar o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qiladilar. 2020-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston “yashil hudud”ga kiritilgan.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.