Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligidagi tabiat bog‘i xizmatchilari beshta to‘tiqushni tomoshabinlar ko‘z o‘ngidan panaroqqa yashirib qo‘yishga majbur bo‘lishdi.

Foto: RIA Novosti

Karantindan so‘ng odamlar kelib topshirgan bu to‘tilar so‘kinishni o‘rganib olgan va o‘tgan-ketganni «changitishni» boshlagan.

“Lincolnshire Live”ning yozishicha, to‘tilarning so‘kinishi odamlarning jahlini chiqarish o‘rniga, ko‘proq kulgisini qistatgan. So‘kinishi yetmaganidek, endi bu qushlar odamlarga taqlidan kulishni ham boshlashgan: bitta to‘ti so‘kinsa, qolganlari jo‘r ovozda kulgan.

So‘kong‘ich qushlar tomoshabinlarga ma’qul kelishiga qaramay, ularni ko‘zdan panaroqqa ko‘chirishga majbur bo‘lishdi, chunki boqqa keluvchilarning ko‘pi bolalar.

Mavzuga doir:
Avstriya bilan Shveysariyada birinchi qor yog‘di

Ma’lumot uchun, ushbu tabiat bog‘ida taxminan bir yarim mingta to‘ti bor. Internetda tanilgan Chiko laqabli to‘ti (quyidagi video) ham shu yerlik. Chiko Beyonsening «If I Were a Boy» qo‘shig‘ini kuylab mashhur bo‘lib ketgandi.