“Lenovo” kompaniyasi planshet va noutbuk imkoniyatlarini jamlagan, dunyodagi ilk buklanuvchi noutbukka (ThinkPad X1 Fold) buyurtma olishni boshladi. Ushbu noutbuk taqdimoti 2020-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan.

Foto: GizChina

Xuddi “Samsung Galaxy Fold” smartfoni kabi, “ThinkPad X1 Fold” ham bukiladi, ammo OLED-displeyi anchagina katta (13,3 dyuym).

Uni to‘liq yoyib qo‘yilsa, ulkan planshetga aylanadi. Moslamaga qo‘yib, simsiz klaviatura ulasangiz — noutbuk.

90 darajaga buklasangiz — mini-noutbuk, displeyning quyi qismida ekran klaviaturasi paydo bo‘ladi.

“Lenovo” taqdim etgan «planshetbuk»ning texnik imkoniyatlari ham yuqori: 11-avlod Intel protsesori, USB-C uchun ikkita port, sim-kartalar uchun slot, 8 GB tezkor xotira, 1 TBgacha ichki xotira, 50 vatt-soatlik akkumulyator. Shuningdek, 5G-tarmoqqa ulanish imkoniyati.

“The Verge” yozishicha, AQShda “X1 Fold”ga buyurtma berish — $2499. Kompaniya buyurtmalarni 4-5 hafta ichida yetkazishni boshlashini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:
Qozog‘istonning uchta yirik shahrida 5G ishga tushiriladi
Amazon kaft yordamida to‘lov qilish texnologiyasini ixtiro qildi