Google o‘z to‘lov tizimidan Google Play ilovalar do‘konidan 30 foiz komissiya bilan foydalanishni majburiy qildi. Apple kompaniyasining shunga o‘xshash siyosati ilgari tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘lgan, shundan so‘ng kompaniya kichik imtiyozlarga taqdim etgan edi.

Foto: Sputnik

Google Play do‘konining yangilangan qoidalariga ko‘ra, barcha dasturlarni ishlab chiquvchilar kompaniyaning to‘lov tizimini bir yil ichida – 2021-yil 30-sentabrgacha ulab, undan ilova ichidagi xaridlar uchun foydalanishi shart. Ilgari, bu majburlanmagan, ammo 97 foiz ishlab chiquvchilar allaqachon Google tizimidan foydalanmoqda, deyiladi kompaniya blogida.

Istisnolar juda ko‘p emas, ammo muhim: Netflix va Spotify dasturlari Android foydalanuvchilariga ilova ichidagi xaridlari uchun to‘lovlarni Google hisobidan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit karta orqali to‘lashga imkon beradi, deya tushuntiradi CNBC.

Apple ilgari ishlab chiquvchilarning 30 foiz to‘lovlari uchun tanqidlar to‘lqini bilan duch kelgan. Ba’zi yirik dastur ishlab chiqaruvchilari ( Epic Games o‘yin kompaniyasi, Spotify musiqiy oqim xizmati va Tinder egasi Match Group) o‘tgan hafta App Store qoidalariga qarshi ittifoq tuzdilar.

Ishlab chiquvchilar Apple’ning yuqori to‘lovlari va ilovalarning individual foydalari App Store’ni ilovalar o‘rtasidagi adolatsiz raqobat saytiga aylantirayotganidan shikoyat qilmoqdalar.

Mavzuga doir:
Rossiyada Google 1,5 million rubl jarimaga tortildi
“Google” AQShdan Ispaniya va Buyuk Britaniyaga qadar optik tolali kabel yotqizadi

Apple kompaniyasining dastur ishlab chiqaruvchilar komissiyasi Telegram asoschisi Pavel Durov tomonidan tanqid qilingan edi.