QR Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bag‘dad Musin mamlakatning uchta yirik shahrida 5G tarmog‘i qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi.

Foto: DW

“Nur-Sulton, Olmaota va Chimkent shaharlarida 5G mobil aloqa standartini amalga oshirish uchun 11 ta sinov o‘tkazildi. Kerakli chastota diapazonlarini chiqardik.

Operatorlarga tarqatish mexanizmi bundan keyin ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, 5G tarmoqlari 2022-yilda Nur-Sulton, Olmaota va Chimkentda ishga tushiriladi. Viloyat markazlarida esa 2025-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan”,
– degan Bagdat Musin Hukumat yig‘ilishida.

Shuningdek, bugungi hukumat yig‘ilishida Qozog’iston Bosh vaziri Asqar Mamin yil oxiriga qadar qishloq aholisining 99 foizi keng polosali Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytgan.

Mavzuga doir:
“5G tarmog’i koronavirusni tarqatmaydi” – JSST
MTS Rossiyada birinchilardan bo’lib 5G litsenziyasiga ega bo’ldi
Everestga 5G o‘rnatildi