Avvalroq, Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodi noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan — KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ishni boshlashi haqida xabar bergandik.

Foto: Gazeta

Zavodning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi ma’lum qilingandi.

KIA’ning O‘zbekistondagi rasmiy sayti ushbu avtomobillarning narxini e’lon qildi.

Seltos krossoveri uchta komplektatsiyada taqdim qilinadi:

  • Luxe — 229 900 000 so‘mdan;
  • Style — 252 90 000 so‘mdan;
  • Prestige — 279 900 000 so‘mdan.

K5 sedani esa beshta komplektatsiyada taklif qilinmoqda:

  • Comfort — 249 900 000 so‘mdan;
  • Luxe — 269 900 000 so‘mdan;
  • Prestige — 293 900 000 so‘mdan;
  • Style — 343 900 000 so‘mdan;
  • GT Line — 369 900 000 so‘mdan.