Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

Agentlik suhbatdoshining so’zlariga ko’ra, falokat natijasida parlament a’zosi hayot bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlar olgan.

Interfaks hozircha ma’lumotni rasmiy tasdiqlamadi.

Bell 406 vertolyoti Tataristonning Laishevo shahri yaqinida falokatga uchragan. “Vostok Trans” kompaniyasiga tegishli vertolyotda 3 kishi bo‘lgan.

50 yoshli Ayrat Xayrullin “Yedinaya Rossiya” partiyasi a’zosi bo‘lgan. 2008 yildan boshlab Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan 200 taga yaqin kompaniya  kirgan Milliy sut ishlab chiqaruvchilar ittifoqiga (Soyuzmoloko) rahbarlik qilgan. Xayrullin davlat dumasida agrar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lgan.