Davlat soliq xizmati organlari tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqida qo’mitaning rasmiy saytida xabar qilindi.

Foto: Google

Xudayberdiyev Madamin Amanovich – Surxondaryo viloyati Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Madamin Xudayberdiyev 1978 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasining yangi boshlig‘i bungacha Surxondaryo viloyati Angor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ashurov Soatmurot Musurmonqulovich – Surxondaryo viloyati Angor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Soatmurot Ashurov 1985 yil Surxondaryo viloyatida tavallud topgan.

U bundan avval Angor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mirzaaxmedov Zafarjon Kobildjonovich – Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Zafarjon Mirzaaxmedov 1986 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan.

Z.Mirzaaxmedov yangi lavozimga o‘tkazilgunga qadar Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Qosimov Ibratjon Latifovich – Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ibratjon Qosimov 1981 yilda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tavallud topgan.

I.Qosimov bunga qadar Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.