“Kanonirlar”ga virus yuqqan bo‘lishi mumkin, deyiladi “Sports” nashri xabarida.

Foto: Sports

Angliya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Arsenal” jamoalari uchrashuvi bugun 11 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ammo, “Nottingem Forest” va “Olimpiakos” klublari xo‘jayini Yevangelos Marinakisda koronavirus aniqlangach, jamoalar kelishgan holda o‘yinni boshqa kunga qoldirishga qaror qilishgan.

Gap shundaki, 13 kun oldin “Olimpiakos” Yevropa ligasi doirasida “Arsenal” bilan o‘yin o‘tkazgan. O‘shanda Marinakis “Arsenal” futbolchilari va rahbariyati bilan uchrashgan.

Shifokorlar tavsiyasidan so‘ng, “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari vaziyatni to‘liq baholash va xavflarni bartaraf etish uchun uchrashuvni keyinroqqa qoldirishga qaror qilishgan, deyiladi xabarda.