Bugun – 2020 yil 11 mart kuni Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati bu haqida xabar berdi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Deputatlar dastlab Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyani tuzish masalasini ko‘rib chiqdilar.

Xalq vakillari kun tartibidagi masalaning dolzarbligidan kelib chiqib, ushbu masalani ma’qulladilar.