Ishlab chiqarish bo‘yicha Andijon viloyati Buloqboshi tumanida gaz hajmlarini oshirish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan “Andijonneft” AJ Boshqaruvi Raisi va kasaba uyushmasi bilan birgalikda sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi hamda «Uchtepa gaz koni» rahbari M.Qodirov o‘z vazifazini zarur darajada bajarmaganligi uchun lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, sal avval “O‘zbekneftgaz” AJda yangi tayinlovlar amalga oshirilganligi haqida xabar berilgan edi