AQSH Mudofaa vazirligi rahbari Mark Esper koronavirus infektsiyasi xavfi tufayli qator davlatlarga rejalashtirgan safarini kechiktirmoqda.

Foto: Reuters

AQSH Mudofaa vaziri Hindiston, Oʻzbekiston va Pokistonga rejalashtirgan safarini koronavirus tufayli qoldirdi.

Shu jumladan, Oʻzbekistonga ham kelmaydigan boʻldi.

Bu haqida Tvitterdagi sahifasida vazirlik vakili Alissa Fara maʼlum qilgan.

“Ehtiyotkorlik chorasini qoʻllash maqsadida Esper Hindiston, Oʻzbekiston va Pokistonga safarini kechiktirilgan sanaga qoldirishga qaror qildi. U AQShda qoladi va mudofaa vazirligiga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi”, – deyilgan xabarda.

Oʻzbekistonda 10 mart holatiga koʻra koronavirus bilan bemorlanish boʻyicha birorta holat qayd etilmagan, bu haqida kecha 10 mart kuni boʻlib oʻtgan brifingda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bayonot berdi.

AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 1 mingdan oshib ketgan, deb xabar bermoqda New York Times nashri mahalliy hukumatdan olingan maʼlumotlarga tayangan holda.

Nashr xabariga koʻra, 37 shtatda va poytaxtning Kolumbiya okrugida 1004 kishida koronavirus infektsiyasi borligi aniqlangan, 31 kishi vafot etgan.