Italiya S Seriyasi vakili hisoblangan “Vis Pezaro” klubi futbolchisi koronavirusga chalindi. Ayni vaqtda Xavf ortda qolgani aytilmoqda.

koronavirus
Foto: Poisknews

“Biz quvonch bilan aytamizki, hozir futbolchimizning ahvoli yaxshi. Unda hech qanday koronavirus belgilari qolmadi”, deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Italiyada koronavirusga chalingan insonlar soni 10 mingdan ortib ketdi. Mamlakat hukumati epidemiya sabab 10 aprelga qadar Italiyadagi barcha futbol uchrashuvlarini qoldirdi.