Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Xalq so’zi

Shu yil 28-sentabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, Paxtachi tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqarolar “Qora-qo‘ton” ma’danli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida, ushlanib, ulardan 1 dona elektrodvijok, 1 dona yer qazish moslamasi, tosh maxsulotlari solish uchun mo‘ljallangan qoplar va davlat raqam belgisi bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, “uddaburon” yigitlardan birining otasi, farzandi va mahalladoshlariga qonuniy tartibda chora ko‘rilmaslik va hujjatlashtirilib olingan ashyoviy dalillarni qaytarib berish evaziga tuman IIB boshlig‘iga 6 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif etadi.

Holat yuzasidan IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi, Narpay tumani IIB, Paxtachi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 1968-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.S. tuman IIB boshlig‘iga 6 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mavzuga doir:
Qashqadaryoda maktab direktori $200 pora bilan ushlandi
Samarqandda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo’lga olindi
Qo‘shtepa tumanida avtomaktab o‘qituvchisi pora bilan ushlandi