AQShning “Tesla Motors” shirkati ikkita nisbatan budjet modellarni ishlab chiqadi, ulardan biri Xitoy bozori uchun, ikkinchisi esa maxsus Yevropa uchun yaratiladi. Bu haqda “Tesla” kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

ARKinvest innovatsion kompaniyasi bosh ijrochi direktori Keti Vudning aytishicha, “Tesla”ning ba’zi aksiyadorlari Mask Model 3 elektromobilining narxini 25 000 dollarga tushirmoqchi ekanligiga ishonmoqda.

Shuning uchun, ushbu yangilik e’lon qilingandan so‘ng, “Tesla” aksiyalari keskin pasayishni boshladi. Biroq, Ilon Mask uni noto‘g‘ri tushunganlarini bildirdi.

“Biz Model 3 narxini 25 ming dollarga tushirmayapmiz. Men kelajakdagi Model 3 dan kichikroq bo‘ladigan avtomobil haqida gapiryapman”, – deb javob berdi Mask.

Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, Berlin va Shanxay fabrikalari ikki xil turdagi elektr transport vositalarini ishlab chiqaradi. Ya’ni, Tesla Cybertruck va Roadster-2 dan tashqari birdaniga ikkita yangi yo‘lovchi avtouloviga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Tesla” rahbari yaqin uch yil ichida kompaniya qiymati 25 ming dollardan oshmaydigan arzon elektromobilni chiqarishini aytgandi. Batareyalar narxining sezilarli pasayishi tufayli bu imkoni bor. 

Mask shuningdek, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, unda u Xitoydan olib kiradigan ehtiyot qismlarga nisbatan 25 foiz bojlarni bekor qilishni talab qildi.