“Rostov” hujumchisi, oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari oʻzining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

Eldor shomurodov futbol uz
Foto: Sports

Jurnalistning maʼlumotlariga koʻra, oʻzbekistonlik futbolchiga “Jyenoa” klubi qiziqish bildirmoqda. Klublar oʻrtasida kelishuv deyarli erishilgan. Transfer narxi 8 million yevroni tashkil etishi mumkin.

​Shomurodov 2017-yilning yozidan beri “Rostov” sharafini himoya qiladi. Oʻtgan mavsumda RPLda 11 ta golga mualliflik qilgan.

Mavzuga doir:
“Rostov” Shomurodovni 5 mln. yevroga sotishdan bosh tortdi
Eldor Shomurodov “Rostov”ni tark etadi