Jorjiya texnologiya instituti (AQSh) olimlari narxi 1 dollarlik eshitish apparatini yaratishdi. Bu haqda “Plos One” fan nashri yozmoqda.

Foto: Ferra

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda qariyb 200 million kishi yaxshi eshitmaslikdan qiynaladi. Eshitish qurilmalarini topish esa ko‘pincha muammo, buning ustiga narxiyam osmonda. Hech mubolag‘asiz, jorjiyalik olimlar haqiqiy inqilob yasashdi.

Olimlarga ko‘ra, ushbu qurilmaning narxi, barcha jamlanmalari bilan birga, 1 dollar atrofida. Qurilmaning korpusi 3D-printerda chiqariladi, dasturiy ta’minoti esa ochiq kodli.

Eng ajablanarlisi, bu qurilmani istagan odam yasay oladi. Qurilma ma’lumotlari (jumladan, chizmalari)ni internetdan bepul ko‘chirib olish mumkin.

Mavzuga doir:
Rossiyada oʻtsochar dron ishlab chiqilmoqda
Telegram’da uzilish kuzatildi