Yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirilganligi to’g’risida “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Jaloliddin Ubaydullayev

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Moliya va g‘aznachilik operatsiyalari departamenti boshlig‘i lavozimiga Ubaydullayev Jaloliddin Zabixullayevich tayinlandi.

Jaloliddin Ubaydullayev shu vaqtga qadar “O‘zneftmahsulot” AJda G‘aznachilik iqtisodiy tizimi va moliya boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.