9 martda jahon bozorlardagi qaltis vaziyatda rossiyalik milliarderlar $8,8 mlrd yo‘qotdi. Bu haqda Forbes gazetasi yozmoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zarar 97 nafar Rossiya fuqarolariga tegishli.

Foto: Youtube

LUKOILning egalari eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. 10 mart kuni Moskva birjasidagi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati 10% dan ko‘proqqa arzonladi. Vagit Alekperov $2,1 mlrd, Leonid Fedun $904 mln mablag‘ yo‘qotdi.

Bloomberg Billionaires Index hisoblagichiga ko‘ra, 9 mart oxiriga kelib, Rossiyaning 24 eng boy ishbilarmonlarining umumiy boyligi 13,91 milliard dollarga kamaydi: Alekperov (minus 3,54 milliard dollar), Potanin (minus 1,55 milliard dollar) va Fedun (minus $ 1, 52 milliard). Bloomberg birinchi o‘ntalikdagi qolgan milliarderlarning yo‘qotishlarini quyidagicha baholadi:

  • Vladimir Lisin – 893 million dollar;
  • Leonid Mikelson – 201 million dollar;
  • Aleksey Mordashov – 895 million dollar;
  • Alisher Usmonov – 563 million dollar;
  • Roman Abramovich – 435 million dollar;
  • Viktor Vekselberg – 403 million dollar;
  • Mixail Fridman – 874 million dollar