Oqdaryo tumanining Kumushkent mahallasida barcha qulayliklar, shart-sharoitlarga ega 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Mazkur muassasa uchun bunyod etilgan binoni foydalanishga topshirish va muassasa faoliyatini boshlaganligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari vakillari, Kumushkent mahalla ahli hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

2019 yilgi investitsiya dasturi asosida eski bino o‘rnida qayta bunyod etilgan ikki qavatli zamonaviy ta’lim maskani bunyodkorlik ishlariga 2 milliard 635 million so‘m mablag‘ sarflandi. O‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlandi.

100 o‘ringa mo‘ljallangan tashkilotga 4 ta guruhda jajji bolajonlar qamrab olindi. Sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun malakali xodimlar tanlab olindi. Muassasada rus, ingliz tili, shaxmat, shashka to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.