Rossiyada oʻtsochardan nishonni urishga qodir uchuvchiciz uchish qurilmasi yasalmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Foto: Lenta

“Rostex-Doverennыe platformы – Robototexnicheskiye kompleks” kompaniyasi oʻrinbosari Maksim Skokovning soʻzlariga koʻra, bu texnika Rossiyaning radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qoʻshinlari (RXBZ) manfaatlari uchun yaratilmoqda.

“Bizning kompaniya RXBZ qoʻshinlari uchun ish olib bordi – biz oʻtsochar vositalarini uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan qoʻllash imkoniyatini namoyish etdik. Sinov natijalariga koʻra tajriba konstruktorlik ishi ochildi”, – degan u.

Uning soʻzlariga koʻra, zaruriy tayyorgarliksiz oʻtsochar dronni urib tushirish “amri mahol”.

Mavzuga doir:
Toshkentda dronda olingan yashirincha tasvirlar uchun pul undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
OAVlarga dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi