O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 11 martdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank axborot xizmati

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi — 16 200 000 so‘m

1 ta kumush tanga narxi — 324 000 so‘mni tashkil etdi

4 mart holatidagi tangalar narxlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.