Har kuni apelsin isteʼmol qilish arterial qon bosimini pasaytirib, yurakning yaxshi ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi, deb xabar berdi Xronika.info manbasi.

Foto: Google

Misrlik olimlarning aniqlik kiritishlaricha, sitrus mevalar organizmdan zararli moddalarni chiqarib yuboradigan antioksidantlarga boy.

Xususan, apelsin tarkibida kaliy tuzi koʻp. Bu yurakning barqaror urishi va qon bosimini nazorat qilishda zarurdir.

Bu kabi mevalarni muntazam isteʼmol qilish organizmda “yaxshi” xolesterinni shakllantiradi va vena tomirlarini kengaytirib, nafas yoʻllari kasalliklariga nisbatan chidamlilikni oshiradi.