Xitoy Eronga mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasini yengish uchun insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqida chorshanba kuni “TASS”ga Yaqin Sharq tinchligini rivojlantirish jamg’armasi bosh kotibi Chen Sinxui ma’lum qildi.

koronavirus eron
Foto: RIA novosti

“Eron xalqiga koronavirus epidemiyasi tufayli kelib chiqqan qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam berish uchun bizning jamg’arma umummilliy xayriya dasturini boshladi. Ushbu aksiya mamlakat aholisi va unda faol ishtirok etgan kichik va o’rta biznes vakillaridan ijobiy javob oldi. Biz boshimizdan kechirgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, Eron xalqiga jo’natish uchun zarur bo’lgan 1,6 million yuan (taxminan 290 ming dollar) miqdoridagi mahsulotni yig’ib olishga muvaffaq bo’ldik “, dedi tashkilot bosh kotibi.